Yangiliklar

“Koʻchmas mulk savdo xizmati” MCHJ tomonidan tashkil etiladigan ochiq auksion savdosiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 25 avgustdagi 685-sonli “Neft-gaz tarmogʻi tashkilotlarining aktivlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda sotilishi rejalashtirilayotgan mulklarning amaldagi qonunchilik talablariga toʻliq rioya etgan holda “Paxta Neft bazasi” MCHJning 2018 yil 28 noyabrdagi 09/2225-sonli buyurtmanomasiga asosan quydagi mulkiy majmualar aukson savdolarga qoʻyilmoqda,

1) Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, S.Raximov M.F.Y xududida joylashgan “Neftchi” oromgoxi mulkiy majmua koʻrinishda. Boshlangʻich baxosi – 1 262 536 090,00 soʻm.

2) Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Turkiston Q.F.Y, Madaniyat M.F.Y xududida joylashgan Bogʻdorchilik xoʻjaligi mulkiy majmua koʻrinishda. Boshlangʻich baxosi – 720 734 306,00 soʻm.

Mulkiy majmualarning auksion savdosi 2018 yil 29 dekabr kuni soat 11:00 da boʻlib oʻtadi. Auksion savdosida ishtirok etish uchun talabnomalar rasmiy ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi (13:00 dan 14:00 gacha tushlik). Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2018 yil 27 dekabr kuni soat 18:00.

Mazkur Mulkiy majmualarshakildagi koʻchmas mulklar 2018 yil 29 dekabr kunisotilmagan taqdirda, takroriy savdolar 2019 yil10 , 24 yanvar kunlari soat 11:00 da oʻtkaziladi. Takroriy savdolar uchun arizalarni qabul qilishning oxirgi muddatlari: 2019 yil 10 yanvardagi savdo uchun 8 yanvar, 24 yanvardagi savdo uchun 22 yanvar kuni soat 18:00.

Auksion savdosi yakunlari savdo tashkilotchisi joylashgan manzilda savdo oʻtkazilgandan soʻng eʼlon qilinadi.

Auksion savdosida qatnashish uchun ariza bilan birgalikda quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:

– yuridik shaxslar uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi, shuningdek toʻliq vakolatli vakilning auksionda qatnashishi uchun rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;

– jismoniy shaxslar uchun pasportning nusxasi, auksionda vakil qatnashgan taqdirda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, toʻliq vakolatli vakilning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi.

Author: Admin Adminov