Yangiliklar

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi talablarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etish, shuningdek, shartnomaga asosan savdolari tashkil etilgan mulklarni sotishda shaffoflikni taʼminlash, xususiy tadbirkorlik uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, savdo bilan bogʻliq jarayonlarni yanada soddalashtirish maqsadida “Respublika mulk markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “Koʻchmas mulk savdo xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamkorligida 1auksion.uz dasturi yaratildi.

Respublikamizning istalgan xududidan internetga ulanib, www.1auksion.uz rasmiy saxifaga kirib, koʻchmas mulklar, avtotransport vositalari, jamiyatlar ustav fondidagi ulushlar, asbob-uskunalar va boshqa turdagi mulklar boʻyicha maʼlumotlar olishingiz va qiziqtirgan mulklarning savdolarida ishtirok etishingiz mumkin. Internet orqali oʻtkaziladigan elektron auksion savdolarida ishtirok etish tartibi, mulklarga toʻlanadigan zakalat toʻlovlari, auksionda gʻolib boʻlgan shaxslarga sotuvchi bilan oldi-sotdi tuzish sharti va muddatlari va boshqa oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ushbu dastur orqali savdolarda ishtirok etuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga teng imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu dasturdan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratilib, ortiqcha qogʻozbozlik va ovoragarchilikka yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilgan.

Tadbirkor va sarmoyadorlarni xamkorlikda ishlashga taklif qilamiz. 24 yillik faoliyati davrida biron marotaba jamiyatimiz aybi yoki kamchiligi oqibatida savdo natijalari bekor qilinmagan. Sizga malakali xodimlar tomonidan sifatli xizmat koʻrsatilishiga kafolat beramiz. Doimiy mijozlarimizga imtiyozli shartlar asosida xizmat koʻrsatilib, chegirmalarni qoʻllash koʻzda tutilgan.

Author: Admin Adminov